Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda 57 qavatli uy 19 kun ichida qurib bitkazildi

Xitoyda 57 qavatli uy 19 kun ichida qurib bitkazildi

Foto: stroi.mos.ru

Xitoyliklar yana bir bor dunyoni hayratda qoldirdilar: Chansha shahrida 19 kunda 57 qavatli osmono‘par bino qurib bitkazildi.

Ushbu bino «Mini Sky City» deb nomlanib, «Broad Sustainable Buildings» (BSB) kompaniyasi tomonidan mutlaqo yangi uslubda loyihalashtirilgan.

«Mini Sky City» 180 ming kvadrat metr hududni qamrab oladi, undan 800 ta kvartira va 4 ming kishiga mo‘ljallangan ofislar majmuasi o‘rin olgan.

BSB kompaniyasining ma’lum qilishicha, binoning bunday qisqa muddatda qurib bitkazilishi uning sifatiga mutlaqo ta’sir qilmaydi. U hatto 9 ballik zilzilaga ham bardoshli qilib qurilgan.

Chansha shahridagi boshqa osmono‘par binolardan farqli ravishda, «Mini Sky City»da «yashil texnologiya»lardan ko‘p foydalanilgan. Jumladan, binoning ichki va tashqi qismida havoni uch tomonlama tozalab beruvchi maxsus uskunalar o‘rnatilgan.

Shu vaqtgacha BSB kompaniyasi bunyod etgan eng baland bino 2012 yili Xunan shahrida qurilgan 30 qavatli mehmonxona hisoblanadi. Uning qurilishi 15 kunda tugallangan.

Bundan tashqari bu tashkilot kelajakda 200 qavatli «Sky City» loyihasi amalga oshirmoqchi. Binoning balandligi 838 metr bo‘lishi, u 90 kunda bitkazilishi ma’lum qilingan, lekin qurilish qachon boshlanishi ma’lum emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring