Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda yangi virus tarqaldi. U smartfon foydalanuvchilarining so‘zlashuvlarini yozib olishga qodir

Xitoyda yangi virus tarqaldi. U smartfon foydalanuvchilarining so‘zlashuvlarini yozib olishga qodir

Foto: «bleepingcomputer.com»

Mobil xavsizlikka ixtisoslashgan «Wandera» kompaniyasi «Android» foydalanuvchilarini yangi «RedDrop» virusi haqida ogohlantirdi. U telefon egasini kuzatish, uning qurilmasidagi mikrofondan foydalangan holda atrofdagi so‘zlashuvlarni yozib olib, uni bulutli servisga jo‘natishga qodir, deb xabar berdi «4PDA».

Ayni vaqtda «RedDrop» Xitoy hududida keng tarqalgan. Bunga ushbu mamlakatda rasmiy «Google Play» do‘konining bloklangani sabab bo‘lmoqda. Shu sababli foydalanuvchilar dasturlarni tashqi resurslardan tekshirmagan holda ko‘chirib olishga majbur. «Wandera» mutaxassislari «RedDrop» virusini 53 ta mobil o‘yin va dasturlar ichida borligini aniqladi.

Yovuz niyatli kimsalar zararli dasturni tarqatishda 4 000 dan ortiq domen va redirektlarning minglab murakkab zanjiridan foydalanmoqda. Smartfonga tushgan «RedDrop» virusini qurilmadagi ma’lumotlarni to‘plab uni alohida serverga jo‘natadi. Shu bilan birga gadjetga ichida viruslari bor boshqa yettita dastur ham o‘rnatilib qoladi. Uni ishga tushirgan foydalanuvchi avtomatik tarzda pulli SMS-servislarga ulanadi.

Virus bilan zararlanishning oldini olish uchun dasturlarni faqatgina sinalgan manbalardan ko‘chirib olish darkor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring