Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyning sobiq rahbari vafot etdi

Xitoyning sobiq rahbari vafot etdi

Kommunistik partiyaning sobiq bosh kotibi va Xitoy rahbari Szyan Szemin 96 yoshda vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Szemin Shanxayda mahalliy vaqt bilan 12:13 da leykemiya va ko‘p a’zolar yetishmovchiligidan vafot etgan.

Szyan Szemin 1993-yildan 2002-yilgacha mamlakat rahbari sifatida ishlagan. U 1946-yilda XXR tashkil etilishidan uch yil oldin Kommunistik partiyaga qo‘shilgan.

Szemin Shanxay Jiaotong universitetida muhandis-yelektrik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan, so‘ngra Rossiyaga Stalin nomidagi Moskva avtomobil zavodiga borib, 1956-yilgacha o‘qigan. U davrida siyosiy sohada qonunlar kuchaytirildi, iqtisodiy sohada jiddiy islohotlar amalga oshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring