Xomanaiy vafot etdi. Endi mamlakatni kim boshqaradi?
Eron Oliy rahbari Ali Xomanaiy vafot etdi.
Ali Xominaiy Isroil va AQShning birgalikdagi hujumlari natijasida o‘ldirildi. U 37 yil davomida Eron Oliy rahbari lavozimida faoliyat yuritgan edi. Mamlakat bo‘ylab 40 kunlik umummilliy motam e’lon qilindi.
Endi Eronni vaqtinchalik prezident va sud hokimiyati rahbaridan iborat kengash boshqaradi.Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon, sud hokimiyati rahbari va Qo‘riqchilar kengashi a’zosi Oliy Rahbarning vafotidan keyin Eronning vaqtinchalik hukmdorlari bo‘lib xizmat qiladi. Bu haqda Eronning IRNA axborot agentligi birinchi vitse-prezident Muhammad Muxberga tayanib xabar berdi.
Oliy Rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy 28-fevral kuni ertalab Tehronga AQSh va Isroilning qo‘shma havo hujumi natijasida o‘ldirilgan. Eron uning o‘limini yakshanba kuni kechqurun rasman tan oldi.
Avvalroq IRNA o‘ldirilgan rahbarning maslahatchisi va Eron Mudofaa Kengashi kotibi Ali Shamxoniyning, shuningdek, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Muhammad Pakpurning o‘limini tasdiqlagan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter