Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda «hojatbaror» MIB xodimi qo‘lga olindi

Xorazmda «hojatbaror» MIB xodimi qo‘lga olindi

Foto: Xavfsizlik

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Majburiy ijro byurosining Xiva tuman bo‘limi davlat ijrochisi xizmat mavqeidan foydalanishga uringan.  U bo‘lim ish yurituvidagi ijro ishi bo‘yicha 1995-y.t. fuqarodan undirilishi lozim bo‘lgan 4 mln 526 ming so‘m soliq qarzdorligini, shuningdek, unga va uning otasiga nisbatan hisoblangan jami 22 mln 822 ming so‘m yer va mol-mulk soliqlarini mansabdor tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga 1500 AQSh dollari olgan. Natijada Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Migratsiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov O‘zbekiston tomonidan Interpol orqali qidiruvga berilgani ma’lum bo‘lgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring