Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorvatiyada dahshatli zilzila qurbonlari soni ko‘paymoqda

Xorvatiyada dahshatli zilzila qurbonlari soni ko‘paymoqda

Foto: «REUTERS / STRINGER»

Xorvatiyada dahshatli zilzila qurbonlari soni besh kishiga yetdi, deya xabar berdi OAV mahalliy hokimiyatga tayanib.

Avvalroq Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovichning zilzila oqibatlari haqida ma’lumot bergandi.

Seshanba kuni Xorvatiyada taxminan soat 12:20 da Rixter shkalasi bo‘yicha 6,3 balli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri mamlakatning markaziy qismidagi Petrinya shahar hududiga to‘g‘ri kelgan. Bir kun oldin ham shaharda bir nechta zizlilalar sezilgan, ammo faqat kuchsiz edi, lekin zilzila butun Xorvatiya va hatto qo‘shni mamlakatlarda ham sezilgan.

Zilzila epitsentriga yaqin bo‘lgan Sisak shahri ham vayron bo‘ldi. Ayniqsa, shahar shifoxonasi katta zarar ko‘rdi, shunga qaramay, bemorlarni qabul qilishda davom etdi. Taxminan 20 ga yaqin kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, ulardan ikkitasining ahvoli og‘ir.

«Bizga aholi punktida 4 kishi vafot etganini tasdiqlashdi», — deya ma’lum qildi Index.hr yangiliklar portali mahalliy hokimiyat idoralariga tayanib.

Avvalroq qurbonlar orasida 20 yoshli yigit va keksa kishi bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.

Petrinya shahar ma’muriyati 12 yoshli qizchaning halok bo‘lganini ma’lum qildi. Petrinyada qutqaruvchilar maxsus itlar yordamida shahar ma’muriyati vayronalari ostidan tirik qolgan ayolni chiqarib olishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring