Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyati Germaniya Bundestagi vakillari bilan uchrashdi

Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyati Germaniya Bundestagi vakillari bilan uchrashdi

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

18-iyun kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva Germaniya Bundestagi vakillarini qabul qildi, deb xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda ayollarni ish bilan ta’minlash, ularning tadbirkorlik borasidagi faoliyatiga yanada rag‘bat berish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ishlarni yo‘lga qo‘yish borasidagi tajriba haqida fikrlar bildirildi.

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

Shuningdek, ayollarning iqtisodiy manfaatlarining ta’minlanishida ijtimoiy hamkorlik muhim o‘rin tutayotganligi, ya’ni ushbu masalada barcha davlat tashkilotlari, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari birlikda faoliyat olib borayotganligi ta’kidlandi. Bu esa, o‘z navbatida ayollarning bandligini ta’minlash va ular orasida huquqbuzarlikning keskin kamayishiga ijobiy ta’sir qilayotganligi e’tirof etildi.

Ayollar va bolalarning huquq va manfaatlarining ta’minlanishida Qo‘mita tomonidan amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar xususida ham fikrlar bildirildi.

Tanzila Narbayeva tomonidan so‘nggi yillarda O‘zbekiston hamda Germaniya davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi pog‘onaga ko‘tarilganligi alohida to‘htalib o‘tilib, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tajriba almashinuvi ijtimoiy himoya sohasidagi faoliyatni yangi pog‘onaga olib chiqishida muhim o‘rin egallayotganligi aytib o‘tildi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring