Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining yangi o‘rinbosarlari haqida nimalarni bilamiz?

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining yangi o‘rinbosarlari haqida nimalarni bilamiz?

Foto: «Xabar.uz»

Bugun xabar berganimizdek,  O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyatida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi.

Shu paytga qadar Namangan viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelgan Mahkamova Zulayho Bahriddinovna qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Aytish kerakki, shu paytga qadar qo‘mitada birinchi o‘rinbosar lavozimi joriy etilmagan edi.

Zulayho Mahkamova 1968-yili Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1989 yili Namangan davlat pedagogika institutini tamomlab, tuman maktablarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

1998 — 2003-yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida, so‘ngra Fermer va dehqon xo‘jaliklari uyushmasi Yangiqo‘rg‘on tuman vakilligi, Fermerlar uyushmasi Yangiqo‘rg‘on tumani fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish markazi direktori, Yangiqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari — xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Namangan viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Zulayho Mahkamova 2017-yilning oktyabridan Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari — xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nurmatova Shoira Oktyabrevna boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan uning o‘rniga O‘zbekiston milliy universiteti ma’naviyat asoslari va dinshunoslik kafedrasi professori Nurmatova Mukarram Ahmedovna o‘rinbosar etib tayinlandi.

Mukarram Nurmatova 1959-yili Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Falsafa fanlari doktori, dotsent.

U 1980-yilda Toshkent davlat universiteti(hozirgi O‘zMU)ni tamomlagan. Shu yildan boshlab Toshkent politexnika instituti(hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti)da turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2001 yilda O‘zMU doktoranturasini tamomlab, universitetning bir qator kafedralarida faoliyat ko‘rsatgan. Xususan, etika va estetika kafedrasi dotsenti (2007 — 2012), ma’naviyat asoslari va dinshunoslik kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi (2012 — 2012), kafedra mudiri sifatida ishlagan. 2014 yildan buyon ushbu kafedrada professor vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring