Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaz xodimlarining maoshi 200 foizgacha oshadi

Markaz xodimlarining maoshi 200 foizgacha oshadi

Foto: «Xabar.uz»

«Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida» Prezident Farmoni (PF-5789-son, 27.08.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

2019-yil 1-sentyabrdan boshlab:

  • rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarida ta’lim texnologiyalari kafedralari tashkil etiladi;
  • mazkur markazlarida dars berayotgan professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi mutaxassislar maoshining 30 foizigacha oylik ustamalar belgilanadi;
  • mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb qilingan mutaxassislar soatbay haq to‘lash miqdorining 20 foizigacha ko‘paytirilgan holda moddiy rag‘batlantiriladi;
  • pensiya yoshidagi, uch yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar mazkur kurslarda masofaviy shaklda ta’lim olishi mumkin;
  • markaz xodimlari maoshlariga 200 foizgacha ustama haq to‘lanadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring