Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir toifa vakillariga ustama to‘lanadi

Yana bir toifa vakillariga ustama to‘lanadi

Foto: «Xabar.uz»

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash razryadlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Mazkur qarorga muvofiq, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining rahbar xodimlari va mutaxassislariga tegishli tartibda:

  • lavozim maoshlariga 20 foizli ustama haqi;
  • budjet muassasalari va tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi;
  • o‘z vazifalarini vijdonan, shuningdek, alohida muhim va mas’uliyatli ishlarni bajarayotgan xodimlarni mehnatga haq to‘lashning ikki oylik fondi miqdorida mukofotlash hamda yilda bir marta mehnatga haq to‘lashning oylik fondi miqdorida moddiy yordam berilishi belgilandi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring