Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi koronavirus hayvondan kelib chiqqan — JSST

Yangi koronavirus hayvondan kelib chiqqan — JSST

Foto: «Live Science»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi turdagi koronavirus (SARS-CoV-2) hayvondan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Bu haqda «Regnum» xabar berdi.

Tashkilotning rasmiy vakili Fadela Shaib bugun, 21-aprel kuni Jenevada o‘tkazilgan brifingda shunday bayonot berdi.

Virus laboratoriyada yaratilgan degan qarashlarga tashkilotning javobi shu. Shaib JSST faqat ilmiy tajribalarga asoslanishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, yangi koronavirus qayerda, qanday paydo bo‘lgani to‘g‘risida bir-biridan keskin farq qiluvchi qarashlar mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring