Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: Tashkilotlarning tavsiyanomasi asosida xodimlar imtihonsiz talabalikka qabul qilinadi

Prezident qarori: Tashkilotlarning tavsiyanomasi asosida xodimlar imtihonsiz talabalikka qabul qilinadi

Foto: «Norma.uz»

Bugun imzolangan Prezident qaroriga asosan, OTMlarga 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining (ish beruvchilar) ehtiyojlaridan kelib chiqib, kunduzgi ta’lim shaklining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos bo‘lgan yo‘nalishlar doirasida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qitishni tashkil etish huquqi berildi. Bu haqda huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev ma’lum qildi.

Bunda, o‘qishga qabul qilish tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar hisobidan keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.

P.S.: Ushbu tartibning batafsil qoidalari bir oy muddatda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring