Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada transformer avtomobil yaratildi (video)

Yaponiyada transformer avtomobil yaratildi (video)

Foto: «NV.ua»

Yaponiyalik muhandislar ikki o‘rindiqli avtomobilga aylana oladigan «J-deite RIDE» robotini taqdim etdi. Videodan ko‘rish mumkinki, transformatsiya jarayoni atiga bir necha daqiqa davom etadi, deb xabar berdi «NV.ua».

Mazkur robot «Asrates Corp» firmasining muhandislari tomonidan yaratilgan. Kompaniya xodimlari loyiha ustida uch yil ish olib bordi va natijada 4 metrli avtomobil paydo bo‘ldi. U bir daqiqa vaqt ichida 3,7 metrli robotga aylanadi. Agregatning transformatsiya jarayoni salon ichida yo‘lovchilar bo‘lsada amalga oshadi.

Robot yaratuvchilaridan biri Kenzi Isidaning aytishicha, ular animatsiyalardagi transformer qahramonlaridan ilhomlangan.

Transformer avtomobil soatiga 60 kilometr tezlikkacha harakatlanishi mumkin. Shuningdek, ta’kidlanishicha, mashinani masofadan turib ham boshqarsa bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring