Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yarim finalgacha faqat ikki bokschimiz yetib keldi

Yarim finalgacha faqat ikki bokschimiz yetib keldi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha «Qirol kubogi» xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. Bir kunlik dam olishdan so‘ng musobaqa bellashuvlari yana davom etadi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.

Bugun turnirning yarim final janglari o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Ushbu bosqichga vakillarimizdan faqat 2 nafari yetib kelgan.

-49 kilogramm vazn toifasida bahs olib borayotgan Nodirjon Mirzahmedov final yo‘llanmasi uchun Mohd Rejan Muhammadga qarshi ringga chiqsa, -75 kilogramm vazn toifasida Fanat Qahramonov hindistonlik Ashish Kumarni yengishi talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirda qatnashish uchun yetti nafar bokschimiz Bangkokka yo‘l olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring