Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘lovchi chemadonidan o‘q-dori chiqdi

Yo‘lovchi chemadonidan o‘q-dori chiqdi

Qonunlarimizga ko‘ra, biror bir buyumni tegishli ruxsatsiz, qonunga xilof ravishda  saqlash, olib o‘tish taqiqlanadi.

Ohista Shovvozova (ism-shariflar o‘zgartirilgan)  Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashaydi. 47 yoshda. Uch nafar farzandi bor. O‘zining aytishicha, 2011 yildan chet davlatlarga qatnab, kosmetika vositalari olib kelib, sotib tirikchilik qiladi.  Keyingi vaqtlari u asosan Koreya respublikasi  Seul shahriga borib, tovar olib kelar,  ba’zan u yoqda bir necha  kungacha qolib ketardi.

So‘nggi bor Ohsita 2018-yil fevral oyida chetga chiqib keldi. Aprel oyida yana yo‘lga otlandi.

2018-yil 11-aprel kuni odatdidegidek, aeroportga barvaqt keldi. O‘sha kuni u «Toshkent-Seul» reysida Koreyaga uchishi kerak edi. Tabiiyki, yuklarini bojxona ko‘rigidan o‘tkaza boshladi. Zamonaviy apparat yo‘lovchi O.Shovvozovaning chemodanida bir dona qattiq temir bo‘lagi borligini ko‘rsatdi. Bu bojxonachilarda shubha uyg‘otdi. Chemodan xolislar ishtirokida ochildi. Aniqlanishicha, bu  temir bo‘lagi  «PARABELLUM 9x19» markali o‘q-otar qurolida otish uchun mo‘ljallangan, zavod uslubida ishlab chiqarilgan, jangovor yaroqli bo‘lgan bir dona «W-W 9 mm LUGER» markali o‘q-dori ekan.

«Toshkent-Aero» IBK xodimlari tomonidan O.Shovvozovaga nisbatan tegishli xujjatlar rasmiylashtirildi. Yo‘lovchiga nisbatan noqonuniy o‘q-dori olib o‘tmoqchi bo‘lgani uchun      O‘zbekiston Respublikasi JKning 248-moddasi 1-qismi va 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga oshirildi.

Sud O.Shovvozovaga nisbatan qonuniy doirasida jazo tayinlandi.

Sherzod Chiniyev

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring