Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: «Yo‘lovchilarni ko‘paytirish hisobidan yo‘l kirani arzonlashtirish kerak» (foto)

Prezident: «Yo‘lovchilarni ko‘paytirish hisobidan yo‘l kirani arzonlashtirish kerak» (foto)

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9-fevral kuni Toshkent shahar Yunusobod tumaniga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni damda Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: «President.uz»

Davlat rahbari Yunusobod tumanida bo‘lib, bu yerdagi Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichining qurilish ishlari bilan tanishdi.

— Barcha sa’y-harakatlardan maqsad odamlarga qulaylik yaratish, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Metropoliten va avtobuslar hamohangligini ta’minlash, bekatlarda yo‘lovchilar to‘planishini va harakatini monitoring qilish, tahlillar asosida yo‘nalishlarni optimallashtirish, bu bo‘yicha har kuni ish olib borish zarur. Yo‘lovchilarni ko‘paytirish hisobidan yo‘l kirani arzonlashtirish choralarini ko‘rish kerak.

Foto: «President.uz»

Shu yerda poytaxtda qurilayotgan yer usti metrosi bo‘yicha axborot berildi. Prezident ushbu metro qurilishini takomillashtirish, ilm asosida materiallar vaznini yengillashtirish, metro yo‘li ostidagi hududni obodonlashtirish, qo‘shimcha xizmatlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Ma’lumot uchun, metroning tonneli asosini yaratish maqsadida 305 metrda beton ishlari bajarilgan va 330 ta yig‘ma temir-beton konstruksiyalari o‘rnatilgan. Qurilishga 200 dan ortiq ishchi va muhandis jalb etilgan. Germaniya va Xitoydan zamonaviy texnika va mexanizmlar keltirilgan. Uzunligi 2,9 kilometrni tashkil etadigan ushbu yo‘nalishni 2019-yilda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring