Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi fuqarolarni xavfdan ogohlantirdi

Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi fuqarolarni xavfdan ogohlantirdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ob-havoning keskin sovub ketishi natijasida gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojning ortishini hisobga olib, fuqarolarni yong‘in xavfi haqida ogohlantirmoqda.

«Ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida gaz va elektr uskunalaridan hamda isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishingizni so‘raymiz:

- qo‘lbola va nosoz gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanmang;

- isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;

- isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyum va oson alangalanuvchi mahsulotlarni saqlamang;

- gaz uskunalarini ulash tartib-qoidalariga rioya qiling;

- agarda gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda gaz xizmatiga xabar bering;

- isitish pechlari va ularning mo‘rilari sozligiga e’tibor bering;

Yong‘in xavfsizligi qoidalarga rioya etish bilan siz o‘zingiz va yaqinlaringizni yong‘indan asrab qolgan bo‘lasiz»,- deyiladi boshqarma xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring