Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yopiq eshiklar ortida Putin Trampga nimani taklif qildi?

Yopiq eshiklar ortida Putin Trampga nimani taklif qildi?

Foto:«Haber 7»

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampga shu yil 16 iyul kuni Helsinki shahrida o‘tkazilgan sammitda bildirgan takliflari sekin-asta oshkor bo‘lyapti, deya xabar beradi «Hurriyet» nashri.

Putin yopiq eshiklar ortida Trampga yadroviy qurollar ishlab chiqarishni cheklash bilan birga yana bir nechta takliflarni bildirgan. Bu haqda Amerikaning «Politico» gazetasi ma’lum qilgan. Nashrning yozishicha, Helsinkidagi oliy darajadagi uchrashuvda Putin Trampga 2010-yili ikkala davlat o‘rtasida yadroviy qurollar ishlab chiqarishni cheklash bo‘yicha imzolangan shartnomani 5 yil muddatga uzaytirishni taklif qilgan. Shu bilan birga, Rossiya yetakchisi G‘arbiy Yevropa davlatlarida kuzatilayotgan boshboshdoqliklarga e’tibor qaratib, rasmiy Vashington va Moskva bunday vaziyatlarning oldini olishga har doim shay turishini taklif qilgan.

Putin, shuningdek, mintaqada xavfsizlikni oshirish va harbiy sohada shaffoflikni ta’minlash tarafdori ekanini aytgan.

Putinning yana bir taklifi sifatida ikkala davlat bosh shtablari boshliqlari bilan birga Tashqi ishlar va Mudofaa vazirlarining uchrashuvini 2+2 formatda tashkil qilish bildirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring