Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yordamchi robotlar. Sun’iy intellekt odamlarga qanday foyda keltiradi?

Yordamchi robotlar. Sun’iy intellekt odamlarga qanday foyda keltiradi?

Robot-ofitsiant (Xitoy).

Foto: «aif.ru»

Yaqinda Moskvada sun’iy intellekt tizimiga bag‘ishlangan birinchi Rossiya forumi — RAIF (The Russian Artifisial Intellegense forum) bo‘lib o‘tdi. Unda yirik kompaniyalarning menejerlari va IT-mutaxassislaridan iborat 500 nafar ishtirokchi yig‘ildi.

«AiF.ru» nashriga ko‘ra, aqlli mashina texnologiyasi va sun’iy intellekt — ertangi emas, bugungi kun. Ular savdo-sotiq, sug‘urta, bank sohasida, tibbiyotda, ishlab chiqarish sanoatida, qo‘riqlash va boshqa ishlarda foydalanilmoqda.

Selfi yordamida sug‘urta

Sun’iy intellektning laboratoriyadan «tashqariga» chiqqaniga va muammolarni amaliy tarzda yecha boshlaganiga ancha bo‘ldi. U ko‘plab mobil dasturlar va videoo‘yinlarga o‘rnatilgan. Matnlar va tasvirlarni o‘qish algoritmi ham sun’iy intellekt yordamida amalga oshiriladi. Intellektual yordamchilar deb ataluvchilar oddiy savollarga javob berishga, latifalar aytish, internet tarmog‘ida qidiruvlarni amalga oshirishga va o‘z xo‘jayinining xatti-harakatlarini tahlil qilishga qodir. Yuzni tanish tizimi bilan jihozlangan so‘nggi rusumdagi smartfonlar ham sun’iy intellektdir. Neyron tarmog‘ida moslashtirilgan, ya’ni inson miyasi tamoyillaridan foydalangan holda o‘zini o‘zi o‘rganishga qodir.

O‘n yildan so‘ng mashina odam ishtirokisiz qaror qabul qila oladi, shuningdek, o‘zini o‘zi dasturlashtiradi.

Maykl Virt, Amerika IT-kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha rahbari 

Unga to‘plangan mutaxassislar odamlarni robotlarning keng tarqalishi oqibatida yuzaga keluvchi «mashinalar qo‘zg‘oloni» va ishsizlik bilan qo‘rqitish niyatida emas. Ular qo‘lda yaratilgan intellekt daromadning, xavfsizlikning va hayotimiz sifatining oshishiga olib kelishini isbotlamoqda.

Masalan, elektronika mahsulotlari bilan savdo qiluvchi tarmoqda sun’iy intellekt xaridorlar bilan yangicha munosabat o‘rnatmoqda. U sotib olinadigan buyumlarning 70 foizini oldindan aytib berishga qodir. Buning yordamida kompaniyalar o‘zining talabgor gadjetlarini ilgari surishga, so‘rovlarni oldindan bashorat qilishga va logistikani optimizatsiyalashga e’tibor qaratadi.

Sug‘urta kompaniyalaridan biri yirik yo‘l-transport hodisalarini oldindan aytib berishga qodir intellektual tizimdan foydalanishga o‘tdi. U to‘lovlar xavfi yuqori bo‘lgan mijozlar uchun sug‘urta dasturlarini yaxshilash imkonini beradi. Boshqa bir misol ham xuddi shu sohaga tegishli: selfi orqali tibbiy sug‘urta polislarini sotish. Sun’iy intellekt sizning suratingizni tadqiq qilib, kasallanish ehtimolligi va tavakkalchilik omillarini taqdim etadi (masalan, uzoq yillardan buyon tamaki chekishingizni aniqlaydi).

Tibbiyotda «aqlli» algoritmlar uchun keng imkoniyatlar mavjud. Dolzarb muammo — kasalliklarni zamonaviy usullarda aniqlash. Tibbiy ko‘riklarning ko‘payib ketganligi sabab shifokorlar ularning barchasini o‘rganib kerakli tashxisni qo‘yishga qiynaladi.

Gadjetlar soni ortmoqda, «EKG»ni tahlil qilayotgan shifokor esa hamon chizg‘ichdan foydalanmoqda. Yaqinda o‘tkazilgan tibbiyot xulosalarini tadqiq qilishda mutaxassislar tanqisligi yuzaga keladi. Moskvada ko‘zning ko‘rish qobiliyatini tahlil qilishda shu turdagi tizimdan foydalanilmoqda. U tibbiy tasvirlar yordamida kasallikni aniqlaydi.

Anna Dubovik, Moskva axborot texnologiyalari departamenti vakili 

Bunga ongologik kasalliklar orasida o‘limga olib kelish bo‘yicha birinchi o‘rinda turuvchi o‘pka rakini misol qilib olaylik. U 80 foiz hollarda so‘nggi bosqichda, biror chora yordam bermaydigan vaqtda ma’lum bo‘ladi. Tavsiya etilgan algoritm — dastlabki bosqichda o‘limga olib keluvchi kasallikni aniqlab, kompyuter tomografiyasining qatlamli tasvirlari yordamida tahlil qilish imkonini beradi. Bu — uch o‘lchamli tasvir yordamida yaratilgan katta miqdordagi ma’lumot. O‘pkaning har bir sohasiga chiqish orqali paydo bo‘lgan o‘simtani aniq aniqlash mumkin bo‘ladi.

Bir necha yildan so‘ng sun’iy intellekt bizning barcha organlarimizni tahlil qilib, butun boshli tibbiyot kartasini tuza oladi. Tashxis qo‘yish tezligi 10 barobarga o‘sadi.

Politsiyachilarga yordam

Avstraliyada vinolarning sifatini yaxshilovchi sun’iy intellekt tizimi yaratilgan. Dastur vino ishlab chiqarish jarayonining barcha xarakteristikalarini inobatga oladi (harorat, uzumning yetilishi, uskunalar ta’siri), uzumzorlardagi datchiklarning ma’lumotlarini kuzatib borishi va optimal ish rejasini tuza oladi. Bu sharob ishlab chiqaruvchilarga vaqt va pulni tejash imkonini beradi.

Ratgers universitetida (AQSh) yaratilgan algoritm bir zumda soxta suratni aniqlashga qodir. Sun’iy intellekt rassomlarning barcha ishlarini diqqat bilan o‘rganib chiqadi (Pikasso, Matiss, Modilyani va h.k), shundan so‘ng hech qanday qiyinchiliksiz boshqa buyuk rassomlarga taqlidan chizilgan polotnoni topadi. Bu, shubhasiz, muzey xodimlari va politsiyachilarga qo‘l keladi.

Ammo huquq-tartibot xodimlariga jinoyatchilikning oldini oluvchi texnologiyalar ko‘proq foyda keltirmoqda. Chikagoda yarim yil ichida qotilliklar soni 33 foizga qisqardi. Shahar politsiyasi hududlar bo‘yicha har xil statistikalarni tahlil qilishga qodir algoritm mashinasini xizmatga oldi. Chikago ko‘chalariga otishma ovozini aniqlovchi sensorlar o‘rnatildi, sun’iy intellekt esa megapolisning barcha kameralaridan keluvchi videolar oqimini ko‘rib chiqadi va jinoyat sodir bo‘lgan joyga politsiyachilarni avtomatik tarzda chaqiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring