Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh kitobxonga atalgan ikkinchi «Spark» Farg‘onaga ketdi

Yosh kitobxonga atalgan ikkinchi «Spark» Farg‘onaga ketdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan «Yosh kitobxon» tanlovining ikkinchi turi yakunlandi.

Murakkab shartlar, qizg‘in bahslardan so‘ng «Yosh kitobxon» tanlovining mutlaq g‘olibi aniqlanib, va’da qilingan Prezident sovg‘asi — ikkinchi «Spark» avtomobili ham o‘z egasini topdi.

Natijaga kelsak, farg‘onalik Sharofatxon Ismoilova 270.05 ball bilan 1-o‘rinni, qashqadaryolik Abdulaziz Qurbonov 217.75 ball bilan 2-o‘rinni, Toshkent shahridan Sarvinoz Saksonova 200 ball bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Birinchi o‘ringa eng oliy sovrin — «Spark» avtomashinasi, ikkinchi o‘ringa kompyuter jamlanmasi, uchinchi o‘ringa esa 200 dona kitob berildi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring