Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasi filialining sobiq boshlig‘i qamoqqa olindi

«Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasi filialining sobiq boshlig‘i qamoqqa olindi

«Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati filialining sobiq boshlig‘i Qarshi shahridagi faoliyat ko‘rsatuvchi MChJ rahbari bilan jinoiy til biriktirib, filialning 1 mlrd. 800 mln so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167- va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring