Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YTHda halok bo‘lgan andijonliklarning jasadlari olib kelindi

YTHda halok bo‘lgan andijonliklarning jasadlari olib kelindi

Foto: «Pars Today»

Avval xabar berganimizdek, 2018-yilning 5-mart kuni Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyatida sodir bo‘lgan YTH natijasida 2 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (Andijon viloyatida tug‘ilgan) vafot etgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar va Tashqi ishlar vazirliklari tomonidan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida, joriy yilning 9-mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Oqto‘ba viloyatining IIV Favqulodda vaziyatlar departameniti bilan hamkorlikda vafot etganlarning jasadlari O‘zbekistonga olib kelinib, ikkita maxsus mashinalarda Andijon viloyatining Asaka tumaniga yetkazildi.

FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, vafot etgalar o‘z yashash joylariga dafn etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring