Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Zaporojets» qaytmoqda: kutilmagan, kuchli va qimmat

«Zaporojets» qaytmoqda: kutilmagan, kuchli va qimmat

Foto: «Ferra»

Ukrainadagi Zaporoje avtomobil zavodi (ZAZ) 2022-yildan yangilangan «Zaporojets»ni keng ko‘lamli ishlab chiqarishni boshlaydi. Yangi mashinalarga «Odessa» ZAZ nomi beriladi.

Ammo siz-u biz bilgan mashinalar o‘tmishda qoldi — endigisi butunlay yangi dizaynda, xitoycha «masalliq»lardan tayyorlangan.


Mavzuga doir: 1 oktyabrda ilk «Zaporojets» konveyerdan chiqqan (foto)


Yangi mashinalarga Xitoyning «FAW» avtokorporatsiyasiga qarashli «GrouBesturn T77» modellari asos qilib olingan, ukraincha va xitoycha modellar o‘rtasida aytarli tafovut yo‘q.

«FAW Besturn T77». Foto: «AvtoManCar»

Har ikki talqinda ham 1,5 litrli, 160 ot kuchiga ega dvigatellar ishlatiladi, 6-bosqichli mexanik uzatmalar qutisi yoki «avtomat korobka» o‘rnatiladi. Avtomobil zamonaviy dizaynga ega.

«Zaporojets» paneli raqamli, zamonaviy mediatizim va ikki zonali iqlim-nazorat tizimiga ega bo‘ladi.

Yangi «Zaporojets»ning narxi 1,5 million rubldan boshlanadi. Solishtirish uchun: «Renault» kompaniyasi ayrim mashinalarini Rossiyada arzonroqqa sotyapti:

  • Arkana – 1,306 mln. rubl(197,3 mln. so‘m)dan boshlanadi
  • Duster – 1,017 mln. rubl(154 mln. so‘m)dan boshlanadi
  • Kaptur – 1,22 mln. rubl(184,3 mln. so‘m)dan boshlanadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring