Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zinedin Zidan: «Beyl «Real»dan tezroq ketishiga umid qilmoqdamiz»

Zinedin Zidan: «Beyl «Real»dan tezroq ketishiga umid qilmoqdamiz»

Foto: UA-Football

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Garet Beyl haqida fikr bildirdi.

«Beyl jamoadan ketishga yaqin turibdi. Umid qilamizki, u tezroq ketadi. Bu hamma uchun to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Beyl boshqa jamoaga ketishi ustida ish olib bormoqdamiz.

Shaxsan menda unga qarshi hech qanday husumat yo‘q, ammo lozim bo‘lgan ishni bajarish vaqti keldi. Men qaror qabul qilishim kerak. O‘zgarishlar vaqti keldi.

Uning ketishi — murabbiyning qarori. Shu bilan birga futbolchi ham vaziyatni tushunib turibdi», — deydi Zidan.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar Garet Beyl uchun 80 million yevro talab qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring