Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zo‘r bo‘lgach, shart qo‘yadi-da!

Zo‘r bo‘lgach, shart qo‘yadi-da!

Foto: «Campeones.ua»

«Manchester Yunayted» darvozaboni David de Xea klub oldiga shart qo‘ydi: «Yiliga 17,5 million yevrolik shartnoma taklif qiling, imzo chekmagan nomard!». Kamiga deng, shartnoma muddati to‘rt yildan kam bo‘lishi kerakmas. Bu haqda «Daily Mail» xabar qilmoqda.

Klub rahbarlari muzokara orqali talab qilinayotgan miqdorni kamaytirishga urinishi tabiiy. Katta pul so‘rayapti-da! Biroq rozi bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas. Chunki, De Xea qanchalar mohir darvozabon ekanini allaqachon isbotlab qo‘ygan. Amaldagi shartnoma muddati yakunlanishiga esa bir yil qoldi, xolos. Muddat tugashi hamono mohir kiper xohlagan jamoaga o‘tib ketishi mumkin. Tekinga! Uni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlovchi klublar esa tiqilib yotibdi.

Zo‘r baribir zo‘r-da, yo‘qsa, shart qo‘yishga jur’at qilarmidi?!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring