Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov majburiy mehnatga qarshi yig‘ilish o‘tkazmoqda

Abdulla Aripov majburiy mehnatga qarshi yig‘ilish o‘tkazmoqda

Foto: «UzDaily.com»

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida «Hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash va ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy mas’uliyat va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash» masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur yig‘ilishda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri Jamshid Niyozov ham ishtirok etmoqda.

Bosh vazirning qayd etishicha, O‘zbekistonda amaldagi qonun hujjatlari bilan majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishidan foydalanish qat’iyan man etilganiga qaramay, ayrim viloyat, tuman va shaharlardagi mahalliy davlat hokimiyati, xalq ta’limi va tibbiyot birlashmalarining mutasaddi rahbarlari ta’lim va tibbiyot xodimlarining majburiy mehnatga jalb etilgani qattiq qoralanmoqda.

Qaysi hududlarda qaysi rahbarlar tomonidan bu borada qanday qonunbuzarliklar sodir etilgani misollar bilan aytib o‘tilmoqda. Bosh vazir O‘zbekistonda davlat siyosati buni yoqlamasligi, bu Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, davlat siyosatiga xiyonat ekanini aytib o‘tdi. Mazkur ishga buyruq berayotganlar, xususan, shahar va tuman hokimlari, tuman XTB va hokazolar o‘zlarining sodiqligini ko‘rsatish uchun buni qilayotganini qattiq qoraladi. Bu ish bilan davlat va xalqqa hech qanday foyda keltirmasligi, ayniqsa, katta zarar yetkazishini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilish Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilganini alohida qayd etish kerak.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring