Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emomali Rahmon Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olindi

Emomali Rahmon Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olindi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni Ko‘ksaroyda tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi.

«Xabar.uz» portali muxbirining xabar berishicha, O‘zbekiston va Tojikiston Respublikasi davlat madhiyalari yangraganidan so‘ng, martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ikki mamlakatning rasmiy delegatsiyalari vakillari va xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari bilan ko‘rishishdi.

Kutib olish marosimi yakunlandi. Navbatda Prezidentlar tor doiradagi muzokara o‘tkazish uchun o‘zlariga ajratilgan joyga yo‘l olishdi. Keyinroq esa, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida keng doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

«Xabar.uz» portali tashrif tafsilotlarini yoritishda davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring