Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi dasturi

Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi dasturi

Foto: «president.tj»

Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida 17−18-avgust kunlari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan ma’lumot berdi.

Tojikiston prezidenti Toshkentga 17-avgust kuni tongda keladi. Mustaqillik monumentiga gul qo‘yish marosimidan so‘ng Ko‘ksaroyda davlat rahbarlarining muzokaralari boshlanadi. Muzokaralar avval tor, keyin keng doirada o‘tkaziladi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Kunning ikkinchi yarmida «O‘zekspomarkaz»da Tojikiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘ladi. Emomali Rahmon poytaxtdagi «Artel» zavodiga ham tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Shu kuni O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlarining ikki mamlakat san’at ustalari ishtirokida o‘tkaziladigan konsertda qatnashishi rejalashtirilgan.

Tojikiston prezidenti 18-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov, bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Emomali Rahmon shu kuni Samarqandga tashrif buyurib, diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qiladi.

Tashrif davomida dasturga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin, deb yozadi K.Allamjonov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring