Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim joriy qildi

Eron o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim joriy qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston fuqarolari 4 fevraldan e’tiboran Eronga 15 kungacha vizasiz sayohat qilishlari mumkin, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Eronning Toshkentdagi diplomatik missiyasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolariga Eronga har olti oyda bir marta vizasiz kirib, 15 kun qolishlari uchun viza olishlari talab qilinmaydi.

Qayd etilishicha, boshqa turdagi vizalar uchun tartiblar o‘z kuchida qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Arab Amirliklari 16 fevraldan boshlab O‘zbekiston fuqarolarini 30 kundan oshmagan muddatda ushbu mamlakat hududida bo‘lishlari davrida viza talablaridan ozod etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring