Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Makron Hindistonga tashrif buyurdi

Makron Hindistonga tashrif buyurdi

Kadr: «Youtube»

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Hindistonga tashrif buyurdi. U Hindistonni Fransiyaning mintaqadagi eng asosiy strategik sherigiga aylantirish niyatida.

O‘z rafiqasi bilan Dehliga kelgan Makron «Breksit»dan foydalanib, rasmiy Londonning o‘rnini egallagan holda, Hindiston va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlarda asosiy vositachiga aylanish niyatini yashirmagan.

Makron Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki davlat yetakchilari Fransiyaning «Safran» kompaniyasi va Hindistonnig «SpiceJet» aviakompaniyasi o‘rtasida 12 milliard yevrolik hamkorlik shartnomasini imzolaganlar.

Ammo Hindiston va Fransiyaning yaqinlashuviga qaramasdan, Parijning Osiyodagi asosiy hamkori Pekin bo‘lib qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring