Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev va Makron uchrashuvi. Imzolangan 10 ta hujjat almashildi

Mirziyoyev va Makron uchrashuvi. Imzolangan 10 ta hujjat almashildi

Foto: «President.uz»

Yelisey saroyida 9-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiyot, investitsiya, energetika, texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari batafsil muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Fransiya hukumatlararo komissiyasi faoliyatiga alohida ahamiyat qaratildi.

Fransiya taraqqiyot agentligi bilan umumiy qiymati 600 million yevroga yaqin infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik dasturi imzolandi. Fransiyaning «Eyrbas», «Total», «Total Eren», «Vinchi», «Orano», «Veoliya», «Fivs Shteyn», «Buig», «Ranjis» va boshqa ko‘plab kompaniyalari bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirishga kelishib olindi.

Iqtisodiyot, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, turizm kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash maqsadida O‘zbekistonda Strasburg universiteti va Panteon Sorbonna universiteti Parij akademiyasi filiallarini ochiladi.

Uchrashuvda madaniyat va san’at, turizm, fan va texnika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, arxeologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Shuningdek, 2021-yilda Luvr muzeyida O‘zbekiston tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkaziladi. Bu Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan biriga bag‘ishlab Luvrda o‘tkaziladigan ilk shunday tadbir bo‘ladi.

Tashrif davomida avtomobil transportida tashish, turizm, harbiy-texnikaviy hamkorlik, texnik ko‘mak, kosmosni tadqiq etish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, madaniyat va boshqa sohalarga oid 10 hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.

Muzokaralar yakunida hujjatlar o‘zaro almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring