Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navro‘z tabrigida Tramp Eronni keskin tanqid qildi

Navro‘z tabrigida Tramp Eronni keskin tanqid qildi

Foto: «AR»

AQSh prezidenti Donald Tramp butun dunyodagi millionlab odamlarni «ajoyib Navro‘z» bilan tabrikladi, shu bilan birga Eron hukumatini, jumladan uning qudratli Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini keskin tanqid qilib o‘tdi.

Prezident bayonotida, jumladan, Navro‘z tarixi «ming yillar davomida o‘z madaniyati va insonlarining mustahkam irodasi tufayli katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan mag‘rur xalqi» bo‘lgan mamlakat — Eron bilan uzviy bog‘liqligi ta’kidlanadi.

«Yigirma besh asr ilgari buyuk Doro xudodan Eronni uchta kulfat: dushman qo‘shini, qurg‘oqchilik va yolg‘ondan asrashni so‘ragan edi. Biroq bugungi kunda Islom inqilobi himoyachilari korpusi bu uch kulfatni o‘zida jamlagan. Aldash rasmiy davlat siyosatiga aylangan», – dedi Oq uy rahbari.

Trampning aytishicha, AQSh Eron xalqining jahon hamjamiyati bilan birga bo‘lish va mamlakatning manfaatlariga xizmat qiladigan, mas’uliyatli hamda hisobot berib turuvchi hukumatga ega bo‘lishga urinishini qo‘llab-quvvatlaydi.

«Bu yangi yilda yorug‘lik zulmatni parchalab tashlasin, Eron xalqi tinchlik, taraqqiyot va quvonch keltiradigan yangi kunga ega bo‘lsin», – degan AQSh prezidenti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring