Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident matbuot kotibi «Ozodlik» radiosi bosh muharriri bilan uchrashdi

Prezident matbuot kotibi «Ozodlik» radiosi bosh muharriri bilan uchrashdi

Foto: Facebook / Komil Allamjonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonov «Ozodlik» radiosi vitse-prezidenti va bosh muharriri Nenad Pejich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Hamkorlik bo‘yicha fikr almashdik. Matbuot erkinligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekanligi, mamlakatda oshkoralik muhiti, materiallardagi xolis tahlil va tanqid qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi», deydi K.Allamjonov.

Foto: Facebook / Komil Allamjonov

Nenad Pejich esa «Biz O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatni olg‘a boshlayotganini ko‘rib turgani, bu chuqur hurmatga sazovor» ekanini alohida ta’kidladi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring