Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentlikka nomzodlarning vakillari o‘rtasida teledebat o‘tkaziladi

Prezidentlikka nomzodlarning vakillari o‘rtasida teledebat o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan 25 iyun kuni soat 18:00 da Prezidentlikka nomzodlarning vakillari o‘rtasida teledebat bo‘lib o‘tadi.

Teledebatni «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston», «Mahalla», «UzReport», «Renessans» va «Zo‘rTV» telekanallarida o‘zbek tilida (surdo tarjima bilan);

«Yoshlar» telekanalida ingliz tilidagi tarjimasi bilan;

«Dunyo bo‘ylab» va «Toshkent» telekanallarida rus tilidagi tarjimasi bilan;

«Qoraqalpog‘iston» telekanalida qoraqalpoq tilidagi tarjimasi bilan tomosha qilishingiz mumkin.

Teledebat davomida nomzodlarning iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida ilgari surayotgan g‘oyalari, rejalari haqida bilib olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring