Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman! Saylov natijalari e’lon qilindi

Rasman! Saylov natijalari e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Joriy yilning 24-oktyabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev rasman buni tasdiqladi.

Shuningdek boshqa partiya nomzodlari quyidagicha natija qayd etdi:

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Naimovich Oblomurodov 4,1 foiz;

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Maksuda Azizovna Vorisova 6,6 foiz;

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Alisher Keldiyevich Qodirov 5,5 foiz;

O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov 3,4 foiz.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring