Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev AQShga uchib ketdi

Shavkat Mirziyoyev AQShga uchib ketdi

Xabarning audio talqini

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan bugun, 15-may kuni rasmiy tashrif bilan AQShga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston – AQSh hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Vashingtonda Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, AQSh Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Rasmiy tashrif yakuni bo‘yicha ikki mamlakat Prezidentlari «O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: yangi strategik sheriklik davrining boshlanishi» deb nomlangan Qo‘shma bayonotni imzolashi, shuningdek, turli sohalardagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plamining qabul qilinishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring