Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev muhim takliflarni ilgari surdi

Shavkat Mirziyoyev muhim takliflarni ilgari surdi

Foto: «president.uz»

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining keng doiradagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston delegatsiyalari a’zolari, Jamg‘arma boshqaruvi vakillari ishtirok etdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: «president.uz»

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

«Qariyb o‘n yillik tanaffusdan so‘ng o‘tayotgan  Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining bugungi tarixiy majlisi tashkilot faoliyatida yangi sahifa ochadi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy sheriklikka katta sur’at bag‘ishlaydi. Biz bu boradagi o‘zaro hamkorlikka qat’iy tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Orol dengizi qurishining oqibatlari tobora chuqurlashayotgani, Orolbo‘yi atrofidagi hududlar cho‘llanishi davom etayotgani ta’kidlandi. Suv resurslari tanqisligi, yer degradatsiyasi, bioxilma-xillikning kamayishi va boshqa jiddiy iqlim o‘zgarishlari kuzatilayotganiga e’tibor qaratildi. 

«Shu bois bugungi uchrashuvimiz juda muhim. Ushbu halokat oqibatlarini yengib o‘tish va Orolbo‘yida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, mamlakatlarimiz manfaatlarini hisobga olgan holda suv va ekologiya bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun sa’y-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur. 

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi bu boradagi yagona mintaqaviy tashkilotdir. U mamlakatlarimiz hamkorligining ta’sirchan mexanizmiga aylanishi mumkin.

Ishonamanki, tashkilot doirasida mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlari o‘rtasida muvozanatga erisha olamiz. Zero, umumiy kelajagimiz — o‘zimizning qo‘limizda», — deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish, hududga innovatsion yechimlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, «yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va boshqa masalalar bo‘yicha muhim takliflarni ilgari surdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring