Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi nihoyasiga yetdi

Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi nihoyasiga yetdi

Foto: President.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahridagi Jahon banki shtap-kvartirasida ham bo‘ldi. Davlatimiz rahbarini Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim kutib oldi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va mazkur bank o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik energetika, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini qamrab olgan. 2020-yilgacha hamkorlik qo‘shma dasturiga umumiy qiymati 4 milliard dollar bo‘lgan 27 ta muhim loyiha kiritilgan.

Uchrashuv chog‘ida bog‘dorchilikni rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sanoat korxonalarining energiya tejamkorligini oshirish, isitish tarmoqlarini modernizatsiyalash, moliyaviy konsultativ xizmat ko‘rsatish kabi sohalarga oid bitimlar imzolandi.

Foto: President.uz

Muzokarada yangi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi, hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring