Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning kecha qilgan nutqi AQSh tomonidan olqishlandi

Shavkat Mirziyoyevning kecha qilgan nutqi AQSh tomonidan olqishlandi

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi chog‘ida ommaviy axborot vositalarining roli haqida to‘xtalib, ayrim hollarda rahbarlar tomonidan tanqidni qabul qila bilmaslik, nima qilib bo‘lsa-da, uni tan olmaslikka bo‘layotgan urinishlarda ham ko‘zga tashlanayotganini tanqid qilgandi.

«Afsuski, ba’zi rahbarlar xalq bilan, matbuotchilar bilan muloqotda oddiy muomala madaniyatini, ma’naviyatni unutib qo‘yishmoqda. Ular tomonidan qilingan murojaatlarga o‘z vaqtida, xolis javob berilmasligi ham haqli e’tirozlarga sabab bo‘layapti... 

Eng achinarlisi, ba’zi rahbarlar jamoatchilik o‘rtasida turli ziddiyatlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday holatlarning oldini olish o‘rniga, kibru havoga berilish, o‘ziga bino qo‘yish bilan masalani yanada chigallashtirmoqda», degandi Prezident.

AQSh Davlat departamenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu nutqini olqishladi.

AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells o‘zining «Tvitter»dagi sahifasida shunday munosabat bildirdi:

«Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalariga nisbatan tahdidlarni qoralayotgani va OAV erkinligiga sodiqligini yana bir bor ta’kidlaganidan xursandman. Jurnalistlar va blogerlarning xavfsiz bo‘lishi hamda erkin ishlashini ta’minlash demokratiya va ochiqlikning yanada o‘sishiga turtki beradi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring