Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tillerson: «Sochi konferensiyasidan so‘ng Suriya masalasida muhim qadamlar qo‘yildi»

Tillerson: «Sochi konferensiyasidan so‘ng Suriya masalasida muhim qadamlar qo‘yildi»

Reks Tillerson — AQSh davlat kotibi.

Foto: «Inosmi.ru»

Sochida bo‘lib o‘tgan Suriya milliy muloqotining kongressidan keyin mamlakatdagi ahvolni yaxshilashga doir muhim qadamlar qo‘yildi. Bu haqda chorshanba kuni AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy bilan Ammanda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

«Iordaniya Tashqi ishlar vaziri ta’kidlaganidek, biz Jeneva tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun yaqin hamkorlikda harakat qilmoqdamiz va Rossiya tomonidan uyushtirilgan Sochi konferensiyasidan so‘ng muhim bosqichlarga erishilganiga ishonamiz», — dedi u.

Sochida bo‘lib o‘tgan forum ishtirokchilari suriyaliklarning o‘z mamlakati kelajagiga bo‘lgan nuqtai nazarini aks ettirgan 12 banddan iborat bayonotni qabul qilishdi. Hujjat Suriya suverenitetini va hududiy yaxlitligini saqlab qolish kerakligini va uning kelajagi faqat Suriya xalqi tomonidan saylov orqali belgilanishi shartligini ta’kidlaydi.

Suriyaliklar, shuningdek BMT Bosh kotibi Antonio Guterreshdan Konstitutsiyaviy komissiyani tashkil etishda yordam berishni so‘ragan edilar.

Tashkilotchilarga ko‘ra, kongressda Suriya xalqining barcha qatlamlari vakili bo‘lgan 1511 delegat ishtirok etdi. Milliy tarkibga ko‘ra, ishtirokchilarning aksariyati arablar (94,5 foiz), ammo taklif etilganlar orasida kurdlar, yazidlar, oshshurlar, armanlar, cherkaslar, chechenlar, abxazlar, turkmanlar va druzlar ham bor. Shuningdek, barcha yirik mintaqaviy va xalqaro tashqi «o‘yinchilar» kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklif qilindi. Forumning vazifalaridan biri Suriya uchun yangi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tuzish edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring