Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati hokimi hayfsan oldi, prokuror va IIB boshlig‘i ishdan ketdi

Toshkent viloyati hokimi hayfsan oldi, prokuror va IIB boshlig‘i ishdan ketdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

14-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida bo‘lib o‘tgan selektor davomida Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Inomovich Ibragimov hayfsan oldi, deb xabar bermoqda «Kun.uz».

Ma’lum qilinishicha, viloyat rahbari 2018-yilgi paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini o‘ta sust tashkil etgani va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun ogohlantirilgan.

Shuningdek, yig‘ilish vaqtida Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Abdumalik Abduqodirovich Allamurodov ishdan olingan. U shu yilning yanvaridan buyon viloyat IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Hozircha uning o‘rniga kim tayinlangani ma’lum emas.

Nashrning ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi Shavkat To‘raqulovich Rahmatov ham lavozimini tark etgan. U o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan.

Shavkat Rahmatov shu yilning iyulida Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. U 2018-yilning yanvaridan viloyat prokurori sifatida ishlab, iyul oyida Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlangan Bahodir Baxtiyorovich Po‘latov o‘rnini egallagandi. U bungacha Po‘latovning o‘rinbosari sifatida ishlagandi.

Hozircha Toshkent viloyatining yangi prokurori kim bo‘lgani ma’lum emas.

Qayd etish kerakki, Rahmatov keyingi 12 oy ichida Toshkent viloyatining to‘rtinchi prokurori bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring