Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahodir Jalolov raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi

Bahodir Jalolov raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi

Foto: «Olimpic.uz»

Professional boksga o‘tgan Bahodir Jalolov o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazishi haqida avval xabar bergandik.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, jangga oz vaqt qolganida uning raqibi o‘zgargan. Bahodir avval aytilganidek amerikalik bokschi Tomas Xaukinsga qarshi emas, meksikalik charm qo‘lqop ustasi Eduardo Vitelaga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jalolov ushbu jangning birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va professional ringdagi ikkinchi jangida ikkinchi g‘alabasini nishonladi.

Eduardo Vitelaning profboksdagi janglari soni 6ta. U bungacha 3ta g‘alaba (2tasi nokaut) va 3ta mag‘lubiyat (2tasi nokaut) qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring