Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» lug‘atida sensatsiyaga joy yo‘q, «Lion»ga beshta gol urildi

«Barselona» lug‘atida sensatsiyaga joy yo‘q, «Lion»ga beshta gol urildi

Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan «Barselona» – «Lion» bahsidan so‘ng hech qanday sensatsiya haqidagi gap so‘zlarga o‘rin qolmadi. Kataloniyaliklar o‘z maydonida yirik, 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Fransiyada kechgan dastlabki bahsda 0:0 hisobi qayd etilgandan so‘ng aksariyat muxlislar «Lion»dan mo‘’jiza kuta boshlagan edi. Ammo javob bahsi kataloniyaliklarning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi va 18-daqiqada fransiyaliklar darvozasiga belgilangan penaltini Messi aniq amalga oshirdi.

Birinchi bo‘limda Filippe Koutino ham o‘z hisobiga gol urdi. Garchi ikkinchi bo‘lim avvalida Tuzar hisobni biroz qisqartirgan bo‘lsa-da, «Barselona» umumiy hisobda beshta gol kiritdi. Shulardan 2 tasi Lionel Messi hisobiga yozildi.

Shu tariqa «Barselona» ishonchli g‘alaba bilan chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Chempionlar ligasi
1/8 final, javob bahsi
«Barselona» – «Lion» – 5:1 (2:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 17, penalti Messi, 2:0 – 31 Koutino, 2:1 – 58 Tuzar, 3:1 – 78 Messi, 4:1 – 81 Pike, 5:1 – 86 Dembele.
«Barselona» – ter Stegen, Pike, Alba, Serji Roberto (Nelson Semedu, 83), Langle, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 74), Koutino (Dembele, 70), Messi, Suares.
«Lion» – Antoni Lopesh (Gorjlen, 34), Marselo, Marsal, Mendi (Korne, 77), Denayer, Depay (Traore, 73), Tuzar, Fekir, Ndombele, Dyubua, Dembele.
Ogohlantirishlar: Marsal (33), Dembele (45), Langle (49).

Ilk o‘yin – 0:0

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring