Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bektemirning raqibi kutilmaganda o‘zgardi

Bektemirning raqibi kutilmaganda o‘zgardi

Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga ko‘tarilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (4-0, 3 KO) Toshkent vaqti bilan 15 fevral kuni tongda AQShda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Jangga bir kun qolganida kutilmaganda Bektemirning raqibi, meksikalik tajribali bokschi Marko Antonio Periban (25-5-1, 16 KO) yomon his qilayotgani sababli ringga ko‘tarilishdan bosh tortdi. Kuni kecha, ikkala bokschi ham tarozidan o‘tib bo‘lishgandi.

Tashkilotchilar hamyurtimizga darhol boshqa raqib topishdi. U  — meksikalik 26 yoshli Oskar Kortes (27-5-0, 14 KO) bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring