Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun o‘zbekistonlik bokschi qizlar JChdagi ishtirokini boshlaydi

Bugun o‘zbekistonlik bokschi qizlar JChdagi ishtirokini boshlaydi

Bugun, 3-oktyabr kuni Rossiyaning Ulan-Ude shahrida boksi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati start oladi.

Bellashuvlarda jahonning 70 ga yaqin mamlakatidan bokschilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi. Boks federatsiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, musobaqada o‘zbekistonlik qizlar ham ilk marotaba to‘liq tarkibda ishtirok etishmoqda.

Kecha jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bokschilarimiz dastlabki raqiblari nomini bilib olishdi.

Bugun ikki nafar bokschi qizimiz JChda jang qiladi:

-48 kg: Gulasal Sultonaliyeva - Alua Balkibekova (Qozog‘iston)

-51 kg: Tursunoy Rahimova - Yasmine Muttaki (Marokash)

Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 15:00 dan so‘ng boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring