Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hasanboyda g‘alaba, Fazliddinda yomon natija

Hasanboyda g‘alaba, Fazliddinda yomon natija

Rossiyaning Sochi shahridagi Red Arena majmuasida professional boks oqshomi o‘tkazildi.

Unda o‘zbekistonlik bokschilar ringga ko‘tarilishdi.

Hasanboy Do‘stmatov (6-0, 5 KO) Janubiy Afrika vakili Sifamandla Baleniga (21-6-2, 8 KO) qarshi ringga ko‘tarilib, to‘liq 10 raund jang olib bordi. Yakunda hakamlarning barchasi Do‘stmatovning g‘alabasini qayd etishdi.

Fazliddin G‘oyibnazarov esa rossiyalik bokschiga qarshi jangda texnik nokaut evaziga mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu boks oqshomida Fazliddin G‘oyibnazarov (11-2, 6 KO) WBA yo‘nalishi sobiq chempioni Rajab Butayevga (15-1, 12 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

WBA yo‘nalishi sobiq chempioni Rajab Butayevga (15-1, 12 KO) qarshi 10 raundlik jangning 4-raundida Fazliddin jangni davom ettira olmasligi ma’lum qilindi va hakamlar texnik nokaut qayd etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring