Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil Madrimov va Elnur Abduraimov navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimov va Elnur Abduraimov navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Foto:«Olympic.uz»

O‘zbekistonlik bokschilar Isroil Madrimov va Elnur Abduraimovning navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi. 

Unga ko‘ra, Madrimov professional boksdagi ikkinchi jangini 9-mart kuni o‘tkazadi. Uning raqibi va jang qayerda bo‘lishi haqidagi ma’lumot yaqin soatlar ichida e’lon qilinadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Elnur Abduraimovning yangi jangi esa 23-mart sanasiga belgilandi. Jang Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilib, vakilimiz mezbon bokschi Dmitriy Xasiyevga qarshi ringga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Elnur shu paytgacha 3 marta profesional boksda jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. Xasiyev esa 11 marta jang qilib, 8 bor zafar quchgan (2 nokaut), 2 bor durang qayd etgan va 1 marta mag‘lubiyatga uchragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring