Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon chempioni qishlog‘ida qanday kutib olindi? (foto)

Jahon chempioni qishlog‘ida qanday kutib olindi? (foto)

Foto: Rishton tumani hokimligi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev bugun Rishtonda tantanali tarzda kutib olindi.

Asadxo‘ja tug‘ilib o‘sgan Buloqboshi qishlog‘idagi xonadon uning yaqinlari, do‘stlari, katta-kichik yoshdagi sport ixlosmandlari, mahalla ahli bilan to‘lib-toshdi.

— Eng avvalo, ota-onamga ta’zim qilaman, — dedi yosh bokschi. — Shu kunga yetib kelishimga, shon-shuhrat qozonishimga ular sababchi. Qolaversa, birinchi ustozimga, hamma-hammangizga ming rahmat. Qo‘llab-quvvatlaganingiz, qayg‘urganingiz, intizor bo‘lib kutganingiz uchun tashakkur. Ishontirib aytamanki, sizlarni hali ko‘p marta xursand qilaman.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring