Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Javohirni Shavkat Mirziyoyev tabrikladi va unga uch xonali uy berildi

Javohirni Shavkat Mirziyoyev tabrikladi va unga uch xonali uy berildi

Foto: «O‘zA»

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan «First Saturday GM» xalqaro turnirida iqtidorli shaxmatchimiz Javohir Sindarov uchinchi grossmeysterlik talabini bajargani va 12 yoshida jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteriga aylangani haqida xabar bergandik.

Javohir Sindarov yurtimizda munosib kutib olindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteri Javohir Sindarovga tabrik yo‘lladi.

Tabriknomada shunday so‘zlar bor:

«Bunday ulkan e’tirof yurtimiz yoshlarining barcha sohalarda, jumladan, aql-zakovat musobaqasi bo‘lgan shaxmat bo‘yicha ham katta marralarni zabt etishga qodir ekanini yana bir bor yaqqol namoyon etmoqda.

Ayni vaqtda bu tarixiy voqea o‘zining buyuk ilmiy kashfiyotlari, ma’naviy-intellektual salohiyati va tafakkuri bilan dunyoni hayratga solgan ulug‘ allomalarimizning munosib vakillari yurtimizdan yetishib chiqayotganini ko‘rsatadi.

Ishonchim komil, sen erishgan bu yuksak natija ming-minglab o‘g‘il-qizlarimizni marrani doimo baland olib, o‘z kuchi, bilimi va iste’dodiga ishonib, turli sohalarda katta g‘alabalarni qo‘lga kiritishga intilib yashashga ruhlantiradi».

Shundan so‘ng, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev Javohirga Sergeli tumani, Chorbog‘ mahallasidagi 102-uyning 3 xonali xonadoni kalitini tantanali ravishda topshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring