Nodirbek Abdusattorov JChda kumush medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov blits yo‘nalishida jahon chempionatining kumush medaliga ega chiqdi.
Qatar poytaxti Doha shahrida rapid va blits yo‘nalishida FIDE jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Blits yo‘nalishidagi ochiq musobaqalar finalida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen bilan bellashdi. Shiddatli bahsda Karlsen 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.
Natijada Nodirbek Abdusattorov blis yo‘nalishida 2025-yilgi jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasida esa qozog‘istonlik Bibisora Assaubayeva jahon chempioni bo‘ldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter